AQSH, Kanada va Meksika maydonlaridagi jahon chempionati yakuniga yetib bormoqda. Bugun, turnirning finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Finalga qadar ispaniyaliklar avvalgi bosqichda Frantsiyani 2:0 hisobida yengdi. Messi boshchiligidagi argentinaliklar esa Angliyadan ustun keldi, - 2:1.
Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Ular 2022 yilda Frantsiyani yengib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ispaniya esa so‘nggi bor 2010 yilda mundialda muvaffaqiyat qozongandi.