«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola Germaniyaga yo‘l olishi mumkin.
talkSPORT xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga Leverkuzenning «Bayer» klubi qiziqish bildirmoqda.
Biroq nemis klubiga murabbiy uchun «Kristal Pelas» bilan kurashishga to‘g‘ri keladi. Avvalroq londonliklar Iraola bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, 42 yoshli mutaxassis «Bornmut»ni 2023 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Ayni paytda klub Angliya Premyer-ligasi jadvalida 55 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda. Bu natija jamoaga Yevropa ligasi yo‘llanmasini taqdim etishi mumkin.