O‘yindan keyin «Metallurg» bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob berdi.
«Qo‘qon-1912» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, golli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Futbolda sen urmasang senga urishadi degan gap bor. Bugun ham shunday bo‘ldi. Keyin darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin gol o‘tkazib yubordik. «Qo‘qon-1912»ning tajribali futbolchilari bu xatoni kechirmadi. 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydik, lekin futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular bor kuchlarini berishdi.
Endi PRO-Liga bahslariga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘yinni tahlil qilib oldinda kutib turgan 3 ta muhim bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kubok bahslarida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan yigitlarga imkon berdik. Menimcha ular o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatib, asosiy tarkibga ham kirishdi deb o‘ylayman, chunki keyingi turga tayyorgarlik ko‘rish uchun 10 kun vaqtimiz bor», - dedi Mo‘minjonov.