«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer Ligasining 2025/26-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Norvegiyalik futbolchi 35 ta bahsda 27 ta gol urdi. To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni «Brentford» futbolchisi Igor Tiago egalladi. U mavsum davomida 22 ta gol muallifiga aylandi.
APLning eng yaxshi assistenti esa «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh bo‘ldi. Portugaliyalik yarimhimoyachi 21 ta assist qayd etib, liga rekordini o‘rnatdi.
Darvozabonlar orasida «Arsenal» posboni David Raya eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Ispaniyalik futbolchi mavsum davomida 19 ta bahsda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
Shu tariqa, APLning 2025/26-yilgi mavsumi yakuniga yetdi.