Live
2
O'zbek

Fernandesh «Al Hilol» taklifini rad etdi — manba

Futbol
20 noyabr, 08:02
    16
Bruno «qizil iblislar» bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fernandesh «Al Hilol» taklifini rad etdi — manba
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubidan taklif olgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi portugaliyalik futbolchi uchun yiliga 20 million yevrolik maosh taklif qilgan. Biroq Fernandesh «Al Hilol» taklifini rad etgan.

Qayd etilishicha, Bruno «qizil iblislar» bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Portugaliyalik futbolchi Angliyaning top-klubidagi kelajagiga e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, Fernandesh 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyul oyining oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar