ESPN Pep Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlar reytingini e’lon qildi.
Nashr talqiniga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisning eng kuchli mavsumi 2010/11-yilda «Barselona» bilan qayd etilgan.
O‘sha mavsum kataloniyaliklar La Ligada har o‘yinda o‘rtacha 2,53 ochko jamg‘argan va Chempionlar Ligasi, Ispaniya chempionati hamda Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan «Barselona»ning 2008/09-yilgi mavsumi joy oldi. O‘sha yili jamoa trebl qayd etgandi.
Uchinchi o‘rin esa «Manchester Siti»ning 2022/23-yilgi mavsumiga nasib etdi. «Shaharliklar» o‘sha mavsum Chempionlar Ligasi, APL va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.
ESPN talqiniga ko‘ra, Gvardiolaning eng yaxshi besh mavsumi:
1. «Barselona» — 2010/11
2. «Barselona» — 2008/09
3. «Manchester Siti» — 2022/23
4. «Bavariya» — 2013/14
5. «Manchester Siti» — 2017/18
Qayd etilishicha, mutaxassisning eng omadsiz mavsumi «Manchester Siti»dagi ilk yili — 2016/17 bo‘lgan. O‘sha mavsum jamoa sovrinsiz qolgan va APLda har o‘yinga o‘rtacha 2,05 ochko to‘plagan.
Yakunda esa Gvardiolaning so‘nggi mavsumi reytingda 15-o‘rindan joy oldi.