«Tottenhem Xotspur» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoa hujumchisi Dominik Solanke va yarimhimoyachisi Havi Simonsning holati haqida ma’lumot berdi.
Har ikki futbolchi «Vulverxempton»ga qarshi APL 34-tur uchrashuvida (1:0) jarohat olgan edi.
«Solankeda mushak jarohati bor. U qanchalik jiddiy ekanini hozircha bilmayman, Xavida esa tizzasida muammo bor, dushanba yoki seshanba kuni aniqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz.
Dominikdagi jarohat unchalik jiddiy emas, u qancha o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini bilmayman. Xavining holatini ham bilishim kerak, chunki tizza bilan bog‘liq jarohatlar har doim mushak jarohatidan farqli bo‘ladi. Simons og‘riq his qildi, lekin hozir, ikki daqiqa oldin u bilan gaplashdim, o‘zini jarohat epizodidagidan ko‘ra yaxshiroq his qilmoqda», — deya De Zerbining so‘zlaridan iqtibos keltiradi London klubi rasmiy sayti.