Angliya Chempionshipida pley-off bosqichi juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Yakuniy jadvalga ko‘ra, «Milluoll» uchinchi, «Sauthempton» to‘rtinchi, «Midlsbro» beshinchi, «Hall Siti» oltinchi o‘rinni egalladi. Reglamentga binoan, 3-o‘rin 6-o‘rin bilan, 4-o‘rin esa 5-o‘rin bilan bellashadi.
Shu tariqa, yarimfinal juftliklari quyidagicha:
«Hall Siti» — «Milluoll»
«Midlsbro» — «Sauthempton»
Bahslar ikki o‘yinlik formatda o‘tkaziladi. Dastlabki o‘yinlar 8–9 may kunlari, javob bellashuvlari esa 11–12 may sanalariga belgilangan.
Ma’lumot uchun, yarimfinal g‘oliblari 23-may kuni «Uembli» stadionida finalda to‘qnash keladi. Ushbu bahs g‘olibi keyingi mavsum APLda ishtirok etadi.