Live
3
O'zbek

Bundesliga. "Bavariya" "Verder"ni tor-mor etdi, Keyndan dubl (videotahlil)

Futbol
26 sentabr, 16:25
Kompani jamoasi ochko yo'qotmasdan odimlamoqda.
Bundesliga. "Bavariya" "Verder"ni tor-mor etdi, Keyndan dubl (videotahlil)
Foto: Bayern Munchen
26.09.2025 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 4 : 0 Verder Verder

Germaniya chempionatining 5-turini boshlab bergan bahsda peshqadam "Bavariya" o'z uyida "Verder" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritdi. Keyn dublga erishgan bo'lsa, Dias va Laymer ham o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi.

Amaldagi chempion ochkolarini 15 taga yetkazib, 100 foizlik ko'rsatkich qayd etmoqda. 4 ochkosi mavjud bo'lgan Bremen klubi 14-pog'onaga joylashgan.

Bundesliga. 5-tur
Bavariya — Verder 4:0
26 sentabr, "Alyants Arena"
Gollar: Dias (22), Keyn (45 penalti, 65), Laymer (88).
Bavariya — Noyer, Buy, Upamekaro, Ta, Laymer, Goretska (Kimmix, 61), Bishof, Olise (Karl, 78), Gnabri (Gerreyru, 61), Dias (Mike, 84), Keyn (Jekson, 78).
Verder — Eyn, Sugavara, Fridl, Kulibali, Agu (Shmidt, 80), Linen, Stage (Bitenkur, 80), Puertas (Bonifase, 61), Shmid, Mbangula (Chovich, 80), Gideon (Gryul, 73).
Ogohlantirishlar: Gnabri (16), Kimmix (65).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Verder Verder
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar