"Barselona" klubi "Bayer" hujumchisi Kristian Kofanega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi kamerunlik 19 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shilgan. Kofanega asosiy da'vogar sifatida "Arsenal" ko'rsatilmoqda.
Shuningdek, "Chelsi", "Nyukasl", "Brentford" va "Bavariya" jamoalari ham futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevro deb baholanmoqda.
Bu mavsumda Kristian barcha turnirlar doirasida 44 o'yinda 7 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.