Live
1
O'zbek

«Barselona» «Chelsi»dan ikki futbolchini 100 mln yevrogacha sotib olishi mumkin

Futbol
7 may, 04:20
Kataloniyaliklar himoya va hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Barselona» «Chelsi»dan ikki futbolchini 100 mln yevrogacha sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Barselona» yozgi transfer oynasida «Chelsi»ning ikki futbolchisini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live El Nacional’ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya va hujumchi Joau Pedroni nishonga olgan. Klub rahbariyati ushbu ikki futbolchini umumiy hisobda 100 million yevrodan kamroq mablag‘ evaziga transfer qilish mumkin, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, chap qanot himoyasi va hujum chizig‘i Hansi Flik jamoasidagi eng muammoli pozitsiyalar qatoriga kiradi va aynan shu nuqtalarni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portaliga ko‘ra, Kukurelya 50 million, Joau Pedro esa 75 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar