"Real Sosiedad" ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona" va "Real" rasmiy sahifalaridan tabriklar qabul qildi.
Jamoa Ispaniya kubogi finalida "Atletiko"ni mag'lub etdi. "Matraschilar" ikki bor hisobni tenglashtirib, o'yinni qo'shimcha vaqtga olib bordi, ammo keyin gollar urilmadi (2:2). Penaltilar seriyasida esa basklar g'alabani qo'lga kiritdi (4:3).
"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati: "Real Sosiedad"ni Ispaniya kubogidagi g'alaba bilan tabriklaymiz", — deb yozdi. "Qaymoqranglilar" vakillari esa: "Real Sosiedad"ni va klub muxlislarini qo'lga kiritilgan kubok bilan tabriklaymiz", — deya post qoldirdi.