"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogi finali doirasidagi "Real Sosyedad"ga qarshi o'yin (2:2, 3:4 pen.ser)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Aytadigan ko'p gapim yo'q. Men faqat futbolchilarni qo'llab-quvvatlashga harakat qilyapman, chunki ular ikkinchi taym va qo'shimcha vaqtda juda yaxshi o'ynab, katta mehnat qilganini bilishadi.
O'yin taqdirini 90 daqiqada yo'q hal qilishimiz mumkin edi. Baenada ham, Kardosoda ham gol urish imkoniyatlari bo'ldi, ammo ular darvozaga aniq zarba bera olmadi.
Bu yaxshi vaziyatlar edi, lekin "Real Sosyedad" ulardan foydalandi, biz esa yo'q.
Muxlislarga aytar gapim? Ularga g'alabalar kerak, mening gaplarim emas. Raqibni sovrin bilan tabriklamoqchiman, ammo biz ham kubokni qo'lga kiritish uchun ko'p kuch sarfladik", — dedi Simeone.