Live
1
O'zbek

"Barsa" Rodri agentlari bilan muzokara o'tkazgan

Futbol
6 avgust, 04:20
Avvalroq "Man Siti" "Real" bilan futbolchi bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ygani ma'lum qilingandi.
"Barsa" Rodri agentlari bilan muzokara o'tkazgan
Foto: Getty Images

"Barselona" "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri agentlari bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Kataloniya klubi futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer shartlari yuzasidan muzokaralar o'tkazgan. Shu bilan birga, Rodri "Barselona"ga o'tish variantiga ham qiziqish bildirishishi mumkin.

Bunga jamoaning o'yin uslubi hamda kiyinsh xonasiga oson moslasha olishi sabab bo'lishi mumkin. U yerda Rodri 2026 yildagi jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi safida chempionlikni qo'lga kiritgan sheriklari bilan yana birga o'ynash imkoniga ega bo'ladi.

Avvalroq "Manchester Siti" "Real" bilan Rodri bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ygani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar