Bugun
47
O'zbek

Balde dam olishdan voz kechib, mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Futbol
15 noyabr, 00:15
    7
Himoyachi tanaffusdan foydalanib, jismoniy holatini yaxshilamoqchi.
Balde dam olishdan voz kechib, mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde xalqaro tanaffus vaqtida ham mashg‘ulotlarni to‘xtatmadi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flick milliy jamoalarga chaqirilmagan futbolchilarga besh kunlik dam berdi. Biroq 23 yoshli Balde ta’til o‘rniga yakka tartibda shug‘ullanishni tanladi. U klub o‘yinlari qayta boshlanguniga qadar jismoniy holatini yaxshilamoqchi.

Himoyachi uchun bu mavsum omadsiz kechmoqda. U asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va hozirgacha atigi 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Balde bu bahslarning birortasini ham boshlang‘ich tarkibda boshlamagan.

Xabarlarga ko‘ra, «Barselona» yanvar oyida munosib taklif tushsa, o‘z tarbiyalanuvchisini sotishga tayyor. Shu bois futbolchi tanaffusdan foydalanib, murabbiylar ishonchini qayta qozonishga intilmoqda.

Avvalroq «Barselona» Balde uchun 40 million yevrodan ko‘proq talab qilayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar