Live
6
O'zbek

"Atletiko" 10 yildan beri YeChL finaliga chiqa olmayapti

Futbol
5 may, 17:50
"Matraschilar" so'nggi bor 2016 yilda turnirning finalida ishtirok etgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Atletiko" 10 yildan beri YeChL finaliga chiqa olmayapti
Фото: Getty Images

Madridning "Atletiko" klubi o'n yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmayapti.

Diego Simeone boshchiligidagi jamoa yarim finalning javob uchrashuvida mehmonda "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi.

"Matraschilar" so'nggi bor 2016 yilda turnirning finalida ishtirok etgan va "Real"ga yutqazgandi. 2014 yilda ham "Atletiko" hamshahariga YeChL finalida yirik hisobda mag'lub bo'lgandi (1:4).

Shuningdek, "Atletiko" 1974 yildagi Yevropa chempionlari kubogi finalida ham "Bavariya"ga (0:4) imkoniyatni boy bergan. Jamoa ushbu turnirda biror marta ham muvaffaqiyat qozonmagan.

Argentinalik mutaxassis esa 2011 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar