"Arsenal" va Rossiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin jahon chempionatidagi favorit jamoalar qaysi ekanini aytdi.
"Men jahon chempionatiga boraman. Rejamga ko'ra, birinchi haftadagi o'yinlarga tashrif buyuraman. Men uchun favoritlar — Frantsiya va Ispaniya.
Frantsiyada juda kuchli tarkib bor, Ispaniya esa amaldagi Evropa chempioni", — dedi Arshavin. Ma'lumot o'rnida, mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.
Avvalroq Andrey "Arsenal"ning chempion bo'lishida Artetaning tutgan roli haqida gapirgandi.