«Arsenal» sobiq futbolchisi Andrey Arshavin «to'pchilar»ning chempionlikdagi muvaffaqiyatida Mikel Artetaning rolini alohida ta'kidladi.
«Artetaning roli juda muhim. Futbolchilar orasidan kimnidir alohida ajratmagan bo'lardim. Mavsumning har bir bosqichida klubning o'z yetakchisi bo'ldi. Eng muhimi — ularni aynan Arteta birlashtira oldi», — dedi sobiq futbolchi «Match TV» efirida.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis «Arsenal»ni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. 30 may kuni londonliklar ushbu mavsumda yana bir sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Chempionlar Ligasi finalida «Arsenal» Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Arshavin «Barselona»ning keyingi murabbiyi kim bo'lishini taxmin qilgandi.