Bugun
1
O'zbek

Arshavin "Barselona"ning keyingi murabbiyi kim bo'lishini taxmin qildi

Futbol
16 yanvar, 04:06
Rossiyalik sobiq futbolchining fikriga ko'ra, bu Kataloniya klubiga begona bo'lmagan mutaxassislardan biri.
Arshavin "Barselona"ning keyingi murabbiyi kim bo'lishini taxmin qildi
Foto: Getty Images

Londondagi "Arsenal" klubi sobiq forvardi Andrey Arshavin Italiya chempionati 16-turi doirasida "Komo" o'z uyida "Milan"ga imkoniyatni boy berganiga (1:3) munosabat bildirdi.

"O'yin bo'yicha "Komo" munosib ko'rindi. Menga bu jamoa ma'qul kelmoqda, sabablaridan biri esa uni Sesk boshqarmoqda. O'ylashimcha, Fabregas - bu "Barselona"ning keyingi bosh murabbiyi, - dedi Arshavin "Match TV" efirida.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi lavozimini g'ermaniyalik Xans-Diter Flik egallab turibdi. 60 yoshli murabbiy 2024-yilning yozida jamoaga keldi va shartnomasi 2027-yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Bugungi yangiliklar