"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga 26-turi doirasidagi "Xetafe"ga qarshi o'yin (0:1)dan so'ng aybni o'z bo'yniga oldi.
"Bu faqat mening aybim. Bugun futbolchilarning jonbozligidan keyin ularni ayblash niyatim yo'q. Yaxshilanish uchun imkoniyat bor, ammo asosiy mas'uliyat mening zimamda", — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Marca.
Ushbu o'yindan so'ng "Real" 60 ochko bilan Ispaniya chempionati oliy divizionida 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" hisobida 64 ochko mavjud. "Xetafe" esa 32 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan.