"Xetafe"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (0:1)dan so'ng "Real"ning La Ligada chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasaydi.
Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko'ra, "Real"ning chempionlik ehtimoli 20,37 foizgacha tushib ketgan. "Barselona"ning esa chempionlikka 79,51 foiz imkoniyati borligi qayd etilgan. Shuningdek, "Atletiko" (0,1%) va "Vilyarreal" (0,02%) ham nazariy jihatdan sovrin uchun kurashda qolmoqda.
Ma'lumot o'rnida, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv La Liga doirasida 10 may kuni bo'lib o'tadi.