Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda “Real” hamshahari “Xetafe”ni qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Arbeloa jamoasi qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatdan so'ng 60 ochko bilan 2-o'rinda qoldi va endi peshqadam “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. “Xetafe” esa 32 ochko bilan 11-pog'onaga ko'tarildi.
La Liga. 26-tur
Real — Xetafe 0:1
2 mart, “Bernabeu”
Gol: Satriano (39).
Real — Kurtua, Trent (Karvaxal, 55), Ryudiger, Alaba (Heysen, 55), Karreras, Valverde, Chuameni (Dias, 87), Guler (Mastantuono, 69), Pitarch (Rodrigo, 55), Gonsalo, Viniius.
Xetafe — Soria, Iglesias, Dominges, Boselli, Romero, Riko, Femenia (Liso, 58), Milya, Arambarri, Satriano (Abkar, 90+1), Vaskes (Martin, 69).
Ogohlantirishlar: Femenia (8), Arambarri (35), Riko (64), Heysen (68), Chuameni (71), Liso (79), Satriano (84), Karreras (90+4), Vinisius (90+4).
Chetlatishlar: Mastantuono (90+5), Liso (90+7).