Angliya kubogining birinchi yarimfinalida "Manchester Siti" Chempionship vakili "Sauthempton" bilan to‘qnash keldi.
Unda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Doku va Niko gollarga mualliflik qildi. Bu o‘yinda O‘zbekiston milliy jvomosi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
Shu tariqa, Pep Gvardiola jamoasi Angliya kubogi finaliga chiqdi. Ularning finaldagi raqibi "Chelsi" - "Lids" o‘yinida aniqlanadi.
Angliya kubogi. Yarimfinal
Manchester Siti — Sauthempton 2:1
Gollar: Doku 83, Niko 87 – Azaz 79
Manchester Siti — Trafford, Nunes, Stounz, Ake, Ait-Nuri, Niko, Kovachich, Sherki, Reinders (Silva, 86), Foden (Doku, 58), Marmush (Holand, 71).
Sauthempton — Perets, Bri, Harvud-Bellis, Vud, Vellington, Bregg, Jander, Fellows, Azaz, Skienza, Styuart.