Italiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda "Roma" Rimda "Yuventus" bilan ro‘baro keladi.
Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadigan bellashuv uchun tarkiblar e'lon qilindi. O‘yin Zo‘rTV telekanali orqali namoyish etiladi.
"Roma" 50 ochko bilan 4-o‘rinni, Spalletti jamoasi esa 46 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya. 27-tur
Roma — Yuventus
1 mart, "Olimpiko"
Roma — Svilar, Kone, Kristante, Malen, Manchini, Ndika, Pellegrini, Pisilli, Rench, Uesli, Chelik.
Yuventus — Perin, Bremer, Devid, Yildiz, Kalulu, Kambiyaso, Kelli, Konseysau, Kopmeyners, Makkenni, Tyuram.