«Manchester United» forvardi Joshua Zirkzee 364 kunlik tanaffusdan keyin ilk bor APLda gol urdi.
Niderlandiyalik hujumchi APLning 13-turida «Crystal Palace»ga qarshi oʻyinda (2:1) gol muallifi boʻldi. Uchrashuv Londondagi «Selhurst Park»da oʻtdi.
54-daqiqada urilgan bu gol Zirkzeening APL-2025/2026 mavsumidagi birinchi goli boʻldi. U «Manchester United» safida chempionatdagi oxirgi golini oʻtgan mavsum, 2024 yil 1 dekabrda «Everton» darvozasiga (4:0) kiritgandi.
Umumiy hisobda Joshua APLdagi 38 oʻyinda 4 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Oʻtgan yil iyul oyida «Manchester United» uning transferi uchun «Bologna»ga 42,5 million yevro toʻlagan.