«Yuventus» vingeri Kenan Yildiz «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Turkiyalik futbolchini shaxsan madridliklar rahbari Florentino Peresning o'zi kuzatmoqda. Biroq u «Yuventus» o'z yetakchisini hech qanday holatda sotmasligini yaxshi tushunadi.
Turin klubi Yildizni jamoa kelajagi sifatida ko'rmoqda. Shu sababli unga ishonch belgisi sifatida 10-raqam topshirilgan.
Ma'lumot o'rnida, Kenan 2022 yilda «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Yuventus»ga o'tgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ushbu mavsum futbolchi turinliklar safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda ishtirok etib, 11 gol urdi va 10 assist amalga oshirdi. Avvalroq «Yuventus» Yildiz bilan shartnomani uzaytirgani ma'lum qilingandi.