UEFAdagi ayrim amaldorlar «PSJ» prezidenti Nosir Al Xilayfiy kelasi yildagi saylovda FIFA prezidenti Janni Infantino qarshi nomzod bo'lishini istamoqda.
The Telegraph va Politico nashrlari xabariga ko'ra, yevropalik futbol rahbarlari 52 yoshli qatarlik funksioner Infantinoni mag'lub eta oladigan eng kuchli nomzod deb hisoblamoqda.
Manbalarga ko'ra, UEFA vakillarining bunday istagiga FIFA prezidentining Jahon chempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi ham sabab bo'lgan.
Biroq Al Xilayfiy ushbu lavozim uchun kurashmoqchi emas. Uning vakili bu boradagi mish-mishlarga munosabat bildirib, qat'iy bayonot berdi.
«Janob Al Xilayfiyda FIFAdagi ushbu lavozimga nisbatan na ambitsiya, na niyat va na qiziqish bor. U buning o'rniga jahon va Yevropa futbolining barcha institutlarini xotirjam va konstruktiv tarzda qo'llab-quvvatlashda davom etadi», — deyiladi bayonotda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi