Bugun
6
O'zbek

Turkiya chempionati. Shomurodov va Fayzullayev o'ynagan bahsda «Bashakshehir» durang qayd etdi

Futbol
31 avgust, 14:05
Abbos 70 daqiqa, Eldor to'liq harakat qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Turkiya chempionati. Shomurodov va Fayzullayev o'ynagan bahsda «Bashakshehir» durang qayd etdi
Foto: Basaksehir
31.08.2025 FT Turkiya Superligasi Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar 0 : 0 Eyupspor Eyupspor

Turkiya chempionatining 4-turida «Bashakshehir» o'z maydonida «Eyupspor»ni qabul qilib, golsiz durang qayd etdi.

Istanbulliklar safida o'zbekistonlik ikki futbolchi — Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev ham asosiy tarkibda tushirildi. Bu Abbos uchun Turkiya Superligasidagi debyut bo'ldi. U 70 daqiqa o'ynab, sariq kartochka oldi. Eldor esa to'liq harakat qildi.

Mavsumdagi ikkinchi bahsida ham durang o'ynagan «Bashakshehir» 2 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning zaxirasida ikki o'yini bor. «Eyupspor» 4 ochko bilan 9-pog'onada.

Turkiya chempionati. 4-tur
Bashakshehir — Eyupspor 0:0
31 avgust. Fotih Terim nomidagi stadion
Bashakshehir — Dilmen, Ba, Zelke, Kemen, Operi, Opoku, Sari (Turuch, 70), Fayzullayev (Brnich, 70), Shomurodov, Ebosele, Ergun (Gunesh, 46).
Eyupspor — Felipe, Yalchın, Claro, Muyakich, Kalegari (Ulvan, 70), Demirbey (Taskin, 89), Yalchın, Gurler (Akbunar, 61), Seslar, Dregush (Ampem, 46), Bozok (Altınbash, 89).
Ogohlantirishlar: Demirbey (9), Dregush (35), Fayzullayev (42), Ba (46), Ampem (72), Bozok (79), Opoku (90+1).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Eyupspor Eyupspor
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar