«Real» hujumkor yarimhimoyachisi Brahim Dias APLga yo‘l olishi mumkin.
Marokashlik futbolchiga «Tottenhem» hamon qiziqish bildirmoqda. London klubi Dias uchun 25 million yevro taklif qilishga tayyor, «Real» esa havbekni sotishga rozi bo‘lishi mumkin.
Bu mavsum Brahim «Real» safida 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 gol urdi va 8 assist amalga oshirdi.
Ttransfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining transfer narxi 35 million yevroni tashkil etadi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq «qirollik klubi» Diasni 40–45 million yevroga sotishga tayyor ekani ma’lum qilingan edi.