Bugun
14
O'zbek

Ter Stegen bir mavsumda ham La Liga chempioni bo'ldi, ham Segundaga tushib ketdi

Futbol
24 may, 00:00
Qishda "Girona" uni "Barsa"dan ijaraga olgandi.
Ter Stegen bir mavsumda ham La Liga chempioni bo'ldi, ham Segundaga tushib ketdi
Foto: Getty Images
23.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Jirona Jirona 1 : 1 Elche Elche

Mark-Andre ter Stegen bir mavsumning o'zida ikki jamoa bilan Ispaniya chempioniga aylanib, shu bilan birga Segundaga tushib ketdi.

Mavsumning birinchi yarmini germaniyalik darvozabon "Barselona" safida o'tkazdi va jamoa bilan La Liga oltin medallarini qo'lga kiritdi. Qishda esa "Girona" uni "ko'k-anorranglilar"dan ijaraga oldi va yakunda jamoa 19-o'rinni egallab, Segundaga ravona bo'ldi.

Qayd etish lozim, ter Stegen "Girona" safida yanvar oyida ikki o'yinda ishtirok etdi va shundan so'ng jarohat sabab mavsum oxirigacha maydonga tushmadi. Avvalroq posbon Germaniya milliy jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmagani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jirona Jirona
  • Elche Elche
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar