Live
6
O'zbek

Tedesko «Bolonya» bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
2 iyun, 07:59
Italiyalik mutaxassis klub bilan 2028-yilgacha shartnoma imzoladi.
Tedesko «Bolonya» bosh murabbiyiga aylandi
Foto: Getty Images

«Bolonya» klubi Domeniko Tedeskoning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Italiyalik mutaxassis klub bilan 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Kelishuvda yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.

Tedesko ushbu lavozimda Vinchenso Italyanoning o‘rnini egalladi.

Mutaxassis aprel oyining oxirida «Fenerbahche» klubidan iste’foga chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Domeniko Tedesko avvalroq Moskvaning «Spartak» klubi hamda Belgiya milliy jamoasini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar