Live
10
O'zbek

Superligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi

Futbol
8 aprel, 07:20
Oy yakuni bo'yicha sovrinlar asosan peshqadam jamoa a'zolariga nasib etdi.
Superligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi
Foto: Neftchi PFC

O'zbekiston chempionatida mart oyining eng yaxshilari aniqlandi.

Eng yaxshi futbolchi deb «Neftchi» hujumchisi Stipe Peritsa topildi. Xorvatiyalik forvard o'tgan oyda 4 o'yinda 4 ta gol urdi. U Superliga to'pura bo'lib turibdi.

Stipe Peritsa
Foto: Neftchi PFC

Eng yaxshi murabbiy sifatida «Neftchi» ustozi Islom Ismoilov e'tirof etildi. Yosh mutaxassis Farg'ona klubi bilan 4 ta o'yinda ham g'alaba qozondi. To'plar nisbati — 12:1.

Eng chiroyli gol nominatsiyasida “Bunyodkor” himoyachisi Narimon Ahmadjonov gʻolib boʻldi. Uning OKMK (1:0) bilan oʻyindagi supergoli mart oyidagi gollar orasida tengsiz deb topildi.

Narimon Ahmadjonov
Foto: FC Bunyodkor

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar