Bugun
13
O'zbek

Shevalye JCH–2026 oldidan Fransiya milliy jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin

Futbol
31 mart, 06:48
«PSJ» darvozaboni so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmayapti va uchinchi darvozabon sifatida ko‘rilmoqda.
Shevalye JCH–2026 oldidan Fransiya milliy jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin
Foto: Getty Images

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye JCH–2026 oldidan Fransiya milliy jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, darvozabon Braziliya (2:1) va Kolumbiya (3:1)ga qarshi o‘rtoqlik bahslariga chaqirilganiga qaramay, har ikki bellashuvda zaxirada qolgan. Bosh murabbiy Didye Desham Shevalye jamoada uchinchi raqamli darvozabon bo‘lishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, murabbiylar shtabi futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasayganini, uning o‘yini mavsum boshiga nisbatan ishonchsizroq ko‘rinayotganini ta’kidlamoqda. Kutilishicha, JCH–2026da asosiy darvozabonlar sifatida Mik Menyan va Bris Samba maydonga tushadi.

Bu holat Shevalyening terma jamoadagi ishtirokini shubha ostida qoldirmoqda, ayniqsa darvozabonlar orasidagi raqobat yuqori bo‘lib qolayotgan bir paytda.

Fransiyalik posbon 23 yanvardan buyon «PSJ» safida maydonga tushmagan. Yanvar oyidan boshlab jamoaning asosiy darvozaboni sifatida Matvey Safonov o‘ynamoqda.

Ma’lumot uchun, JCH–2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar