Krishtianu Ronaldu «An Nasr» safida Saudiya Arabistoni chempionati so'nggi turida maydonga tushib, mavsumdagi 27- va 28-gollarini urdi.
Portugaliyalik hujumchi 34-turda “Damak” (4:1) darvozasini ikki marta ishgʻol qildi. Birinchi golni u toʻgʻridan toʻgʻri jarima zarbasidan urdi, ikkinchi toʻp esa oʻyin jarayonida kiritildi. Birinchi golni u to'g'ridan to'g'ri jarima zarbasidan urdi, ikkinchi to'p esa o'yin jarayonida kiritildi.
Yakunlangan mavsumda 30 o'yinda maydonga tushgan 41 yoshli futbolchi 28 ta gol urdi. U to'purarlar ro'yxatida 3-o'rinni egalladi. Xulian Andres Kiniones («Al Qodisiya», 33 gol) to'purarga aylandi, Ayven Touni («Al Ahli», 32 gol) ikkinchi bo'ldi.
E'tiborli, Ronaldu avvalgi ikki mavsumda 35 va 25 ta gol bilan to'purar bo'lgan, ammo jamoasi chempionlikni boy bergandi. Bu safar aksincha bo'ldi.
Ronaldu Saudiya Proligasi to'purarlari ro'yxatida 3-o'rinni egalladi
Futbol
21 may, 23:45
Portugaliyalik hujumchi avvalgi ikki mavsumda to'purarga aylangan, ammo jamoasi chempion bo'lolmagandi.
Foto: Getty Images