Bugun
1
O'zbek

«Real» Ryudigerga yangi shartnoma taklif qildi

Futbol
20 aprel, 08:38
Germaniyalik himoyachi ikki yillik bitim xohlamoqda.
«Real» Ryudigerga yangi shartnoma taklif qildi
Foto: Getty Images

«Real» Antonio Ryudigerga bir yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

33 yoshli himoyachi bilan amaldagi shartnoma shu yil yozida yakuniga yetadi.

Germaniyalik futbolchining o‘zi ikki yillik bitim xohlamoqda, ammo klubdagilar uning bir yillik kelishuvga rozi bo‘lishiga ishonishmoqda.

Ryudiger 2022 yil yozidan beri Madrid klubida o‘ynaydi. U bu mavsumda La Ligada 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Himoyachi faoliyati davomida «Chelsi», «Roma» va «Shtutgart» klublarida ham to‘p tepgan.

Avvalroq “Real” Lunin va Mendi bilan xayrlashmoqchi ekani xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar