«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol yozgi transfer oynasida «Real» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Sportske Novosti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar xorvatiyalik futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda va yozda transferni amalga oshirish variantini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiol yanvar oyida «Chelsi»ga qarshi bahsda (1:1) oyog‘ining katta boldir suyagini sindirib olgandi. Futbolchi operatsiya qilindi va yaqinda individual mashg‘ulotlarga qaytdi.
23 yoshli himoyachi 2023 yilda «RB Leyptsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda Gvardiol 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 5 assist qayd etgan.