Butun dunyoga mashhur Forbes jurnali eng qimmatbaho futbol klublari reytingini chop etdi.
Qatorasiga beshinchi yil bu reytingda «Real» birinchi o‘rinni egalladi, 2025/2026-yilgi mavsumini sovrinsiz yakunlagan Madrid klubi 9,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinda «Barselona» joylashgan, uning bahosi 7,5 milliard dollar. Uchlikni «Manchester Yunayted» yakunlab berdi – 7,2 milliard dollar.
Keyingi o‘rinlarda «Liverpul» (6,2 milliard dollar), «PSJ» (5,8 mlrd), «Bavariya» (5,7 mlrd), «Manchester Siti» (5,5 mlrd), «Arsenal» (5,4 mlrd), «Chelsi» (4,2 mlrd) va «Tottenhem» (3 mlrd) joylashgan.
E’tiborli jihati, TOP-10da 6 ta ingliz klubi mavjud, ammo baribir ikki yetakchi La Liga grandlari hisoblanadi.