Bugun
17
O'zbek

Proliga. "Sho'rtan" mavsumni minimal hisobdagi g'alaba bilan boshladi

Futbol
5 aprel, 10:00
Kun doirasidagi bellashuvlar o'z nihoyasiga yetdi.
Proliga. "Sho'rtan" mavsumni minimal hisobdagi g'alaba bilan boshladi
Foto: PFC Shurtan
05.04.2026 FT Pro Liga Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor 1 : 0 Olimpik Mobiuz Olimpik Mobiuz

O'zbekiston Proligasida yangi mavsum boshlandi. Dastlabki tur doirasida o'tkazilgan "Sho'rtan" — "Olimpik MobiUz" qarama-qarshiligi ham yakuniga yetdi.

G'uzorda bo'lib o'tgan bahsda maydon egalari kichik 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Yagona golga 36-daqiqada Muhammadali Abdurahmonov mualliflik qildi.

Avvalroq "Metallurg" "Yaypan"ni, "Orol" esa "Respublika FA"ni bir xil 2:1 hisobida mag'lub etgani ma'lum qilingandi.

Proliga. 1-tur, 5 aprel
Sho'rtan — Olimpik MobiUz 1:0
G'uzor, "Markaziy" stadioni.
Gol: Abdurahmonov 36.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor
  • Olimpik Mobiuz Olimpik Mobiuz
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar