Live
6
O'zbek

Proliga. "Metallurg" "Yaypan"ni, "Orol" "Respublika FA"ni mag'lub etdi

Futbol
5 aprel, 09:00
Musobaqaning ilk tur o‘yinlari start oldi.
Proliga. "Metallurg" "Yaypan"ni, "Orol" "Respublika FA"ni mag'lub etdi
Foto: FC Yaypan
05.04.2026 FT Pro Liga Yaypan Yaypan 1 : 2 Metallurg Metallurg

O‘zbekiston Proligasida yangi mavsum boshlandi. Dastlabki tur doirasida "Yaypan" — "Metallurg" va "Orol" — "Respublika FA" bellashuvlari yakuniga yetdi.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda bekobodliklar maydon egalari 2:1 hisobida ustun keldi. Nukusdagi o‘yinda esa mezbonlar 2:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kun doirasidagi "Sho‘rtan" — "Olimpik MobiUz" qarama-qarshiligi esa hali davom etmoqda.

Proliga. 1-tur, 5 aprel
Yaypan — Metallurg 1:2
Qo‘qon, "Markaziy" stadioni.
Gollar: Mo‘minov 10 — Tojiddinov 17, Yo‘chich 67.

Orol — Respublika FA 2:1
Nukus, "Olimpiya" stadioni.
Gollar: Qalmaganbetov 56 (pen), 68 (dubl) — Odiljonov 90+3.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaypan Yaypan
  • Metallurg Metallurg
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar