Live
2
O'zbek

Poyet Saudiy Proligasini Liga 1dan ustun qo'ygan Ronalduga javob qaytardi

Futbol
31 may, 17:27
Gustavo Saudiy Proligasi jamoalarini «Bordo»ga taqqosladi.
Poyet Saudiy Proligasini Liga 1dan ustun qo'ygan Ronalduga javob qaytardi
Фото: Getty Images

«Al Xalij»ning sobiq murabbiyi Gustavo Poyet «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiy Proligasi Liga 1dan kuchliroq ekanligi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.

«O'ylaymanki, Krishtianu Saudiy Arabistonining to'rtta-oltita eng yaxshi jamoasini nazarda tutgan. Mening fikrimcha, turnir jadvalining quyi qismidagi yettita klub Liga 1da munosib ishtirok eta olishmasdi va mavsum o'rtasiga yetmasdan quyi ligaga tushib ketishardi. Ronaldu ligadagi eng yaxshi jamoalardan birida o'ynaydi. Bu klub sovrinlarga da'vogarlik qilishadi, men esa jadvalning quyi qismidagi jamoalardan birini boshqarganman.

Mening 2018 yildagi «Bordo» jamoam hozirgi «Al Xalij» bilan solishtirganda, barcha hurmatni saqlagan holda aytaman... farq juda katta, u «Bordo» foydasiga. To'g'ri, bu jamoani «An Nasr» bilan taqqoslay olmayman, chunki bu futbolchilarni shug'ullantirmaganman, lekin men boshqargan ikki klub o'rtasidagi farq juda katta.

O'tgan mavsumda Saudiy ligasi jadvalining quyi qismidagi yettita jamoadan birortasi mening «Bordo» jamoamni yuta olardi deb o'ylamayman.

Tushunaman, Saudiy futbolining imiji borasida Ronaldu buning aksini ayta olmaydi. Saudiy ligasining quyi oltiligidagi jamoalar Frantsiya chempionatida raqobat qila olardi deb o'ylamayman. Yana bir bor aytaman, gap jadvalning quyi qismi haqida ketmoqda.

O'ylaymanki, Krishtianu aynan shuni nazarda tutmoqda. U oson g'alaba qozonadigan o'yinlarni unutib qo'ygan» — deya Poyetning so'zlarini keltiradi Get French Football News nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar