Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Pelening 1958 yildagi Jahon chempionati finalida kiygan futbolkasi Sotheby’s auksionida 4,88 million AQSh dollariga sotildi. Bu haqida auksion uyining rasmiy sayti xabar berdi.
1958 yildagi Jahon chempionati finalida Braziliya Shvetsiyani 5:2 hisobida mag'lub etgan, o'shanda 17 yoshli Pele ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.
Auksion savdolari 29 iyun kuni boshlanib, 16 iyul kuniga qadar davom etdi.
Ayne paytda futbol tarixidagi eng qimmat futbolka Argentina afsonasi Diego Maradonaga tegishli hisoblanadi. Uning 1986 yildagi Jahon chempionatida kiygan libosi 2022 yildagi auksionda 9,28 million AQSh dollariga sotilgan. O'sha musobaqada Argentina jahon chempioni bo'lgandi.
Pelening JCh-1958 finalidagi libosi 4,48 mln dollarga sotildi
Futbol
17 iyul, 01:25
Bu borada rekord Maradonaning JCh-1986 finalidagi libosi sanaladi.
Foto: Getty Images