Bugun
24
O'zbek

Kafu Braziliyaning JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sababini aytdi

Futbol
16 iyul, 09:31
Jahon chempioni braziliyalik futbolchilarning maydondagi ishtiyoqini tanqid qildi.
Kafu Braziliyaning JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sababini aytdi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasining sobiq sardori va 2002 yilgi jahon chempioni Kafu JCH-2026da jamoaning kutilgan natijani qayd eta olmagani haqida fikr bildirdi.

«Biz Braziliya bundan ham raqobatbardosh jamoa bo'lishini kutgandik. Albatta, barcha finalgacha yetib borishni istaydi, ammo mag'lubiyat futbolning bir qismi. Muhimi, maydondagi munosabat. Ba'zida yutqazasan, ammo bor kuchingni berganingni his qilasan va raqib shunchaki kuchliroq bo'ladi. Afsuski, mundialda biz buni ko'rmadik.

Braziliya g'alaba uchun kurashmadi, g'azab va ishtiyoq yetishmadi. Futbolchilar oxirigacha jang qilmadi. Ular loqayd ko'rindi va umuman kutganimizdek o'ynay olmadi. Ochig'ini aytganda, juda yomon ishtirok etdik. Endi JCH-2030ni kutishimizga to'g'ri keladi», — dedi Kafu.

Braziliya JCH-2026 nimchorak finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandi. Erling Holand ushbu bahsda dubl muallifiga aylangan bo'lsa, braziliyaliklarning yagona goliga Neymar mualliflik qilgan.

Eslatib o'tamiz, Braziliya milliy jamoasi so'nggi bor Jahon chempioni unvonini 2002 yilda qo'lga kiritgan. O'shandan buyon jamoa mundialda bosh sovringa erisha olmayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar