D guruhi 3-tur uchrashuvlari sermahsul va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. «Neftchi» o‘z bahsida BuxDU darvozasiga oltita gol urgan bo‘lsa, «Guliston» ham «Buxoro» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur natijalardan keyin har ikki jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
«Guliston» uchrashuv boshida hisobda ortda qolganiga qaramay, tezda tashabbusni qo‘lga oldi. Alisher Sobirjonov muvozanatni tikladi, Asilbek Umirzoqov esa dubl qayd etib jamoasining ustunligini mustahkamladi. Yakuniy nuqtani Shoxnazar Norbekov qo‘ydi.
«Neftchi» esa BuxDUga qarshi bahsda ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo‘lga oldi. Stipe Peritsa dubl muallifiga aylandi, Xurshid G‘iyosov, Rustambek Fomin, Nurbek Sarsenbayev va Ratinyo ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Mazkur natijalardan keyin «Neftchi» 7 ochko bilan guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. «Guliston» esa 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Buxoro» 4 ochko bilan uchinchi, BuxDU esa ochkosiz holda guruhda qolib ketdi.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
Guliston – Buxoro 4:1
Gollar: Shahzodbek Ubaydullayev 9 (0:1), Alisher Sobirjonov 27 (1:1), Asilbek Umirzoqov 45+2 (2:1), Asilbek Umirzoqov 72 (3:1), Shoxnazar Norbekov 76 (4:1).
Guliston: Sarvar Husanov, Asliddin Smoilov, Ozodbek Rajabov, Bunyod Shodiyev, Alisher Sobirjonov, Shoxnazar Norbekov, Azamat Abduhalilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Shahzodbek G‘ofurbekov, Asilbek Umirzoqov, Turdibek Omonov.
Buxoro: Shirinboy Abdullayev, Velko Filipovich, Sardor Qulmatov, Ravshan Xayrullayev, Xurshidbek Muxtorov, Shahzod Ubaydullayev, Mixeil Basheleishvili, Muhammad Yo‘ldoshev, Vladimir Rodich, Dominik Begich, Shahboz Jo‘rabekov.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
Neftchi – BuxDU 6:2
Gollar: Stipe Peritsa 12 (1:0), Rustambek Fomin 28 (2:0), Stipe Peritsa 36 (3:0), Xurshid G‘iyosov 45 (4:0), Saidjon Ashurov 55 (4:1), Nurbek Sarsenbayev 69 (5:1), Ratinyo 73 (6:1), Akobir To‘rayev (6:2).
Neftchi: Ibrohim Shokirov, Izzatillo Po‘latov, Boyan Ciger, Ikrom Aliboyev, Xurshid G‘iyosov, Asilbek Jumayev, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Stipe Peritsa, Muhsin Ubaydullayev, Rustambek Fomin, Ratinyo.
BuxDU: Asadullaxon Polvonov, Behruz To‘rayev, Muhriddin Shamsiddinov, Akobir To‘rayev, Xurrambek Hamitov, Sardor Salimov, Jasurbek Ubaydulloyev, Amir Azamatov, Behruz Shodmonov, Muhammadsafo Fozilov, Islom Boysariyev.