Bugun
17
O'zbek

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» «Lokomotiv» bilan bahsda g‘alabani boy berdi, «Andijon» esa turnirni muvaffaqiyatli boshladi

Futbol
15 may, 11:01
Toshkentdagi bahsda jami 4 ta gol urildi.
O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» «Lokomotiv» bilan bahsda g‘alabani boy berdi, «Andijon» esa turnirni muvaffaqiyatli boshladi
Фото: Динамо ПФК

O‘zbekiston kubogida guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. 2-turda «Dinamo» mehmonda «Lokomotiv»ga qarshi o‘ynadi. Bellashuv 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Sanjar Qodirqulov va Firdavs Abdurahmonov mehmonlar safida gollarga mualliflik qildi. Mezbon jamoa safida Muhammadali Reimov va Shodiyor Shodiboev gollarni o‘z hisobiga yozishdi.

Natiijada har ikkala jamoada 2 ta turdan so‘ng bittadan ochko bor. So‘nggi 3-turda barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

Guruh bosqichining 1-turi doirasida «Andijon» G‘uzorda «Sho‘rtan»ni mag‘lub etdi, - 3:1. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Odil Abdumajidov va Muhammadkarim Toirov gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Islom Ahmedov jamoasi kubokni g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston kubogi. 2-tur
Lokomotiv – Dinamo 2:2
Gollar: Sanjar Qodirqulov, 42 (0:1), Muhammadali Reimov, 45+2 (1:1), Firdavs Abdurahmonov, 52 (1:2), Shodiyor Shodiboev, 87 (2:2)
Lokomotiv: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev, 9.Suhrab Nurullayev, 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzayev, 18.Oleksandr Kucherenko, 28.Shuhrot Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 61.Nurlan Ibraimov, 70.Muhammadali Reimov.
Dinamo: 1.Edem Nemanov, 4.Nurillo To‘xtasinov, 5.Mahamadu Dembele, 7.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzayev, 15.Rasul Yo‘ldoshev, 17.Salim Mustafoyev, 22.Ulug‘bek Abdullayev, 24.Akbar Xudoyberdiev, 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruz Oblakulov.

O‘zbekiston kubogi. 1-tur
Sho‘rtan – Andijon 1:3
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 39 (0:1), Diyorbek Asomiddinov, 52 (1:1), Odil Abdumajidov, 72 (1:2), Muhammadkarim Toirov, 84 (1:3)
Sho‘rtan: 54.Adham Musulmonov, 5.Roman Vegerya, 11.Olavale Tehe, 14.Abrorbek Toshqoziev, 15.Jo‘rabek Mannonov, 17.Beka Xarshiladze, 18.Daniel Nasriddinov, 21.G‘anisher Qodirov, 22.Islomjon Kenjaboev, 88.Diyorbek Asomiddinov, 99.Eshonxon Jahbarov.
Andijon: 35.Rahimjon Davronov, 2.Odil Abdumajidov, 5.Abduvohid G‘ulomov, 6.Aleksandre Androkinashvili, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Azizbek Turg‘unboev, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 26.Muhammadkarim Toirov, 33.Doniyor Abdimannopov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Andijon Andijon
  • Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar