O‘zbekiston Superligasidagi tanaffusdan foydalanayotgan «Neftchi» jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa delegatsiyasi bugun Toshkent xalqaro aeroportidan Antaliyaga yo‘l oldi. Yig‘in 24 iyunga qadar davom etadi.
Bosh murabbiy Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoa mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik doirasida jismoniy holatni yaxshilash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda nazorat o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Antaliyaga yo‘l olgan futbolchilar orasida Akbar To‘rayev, Abdulmo‘min Nurmuhammadov, Anvarjon G‘ofurov, Muhsinjon Ubaydullayev, Ibrohim-Halil Yo‘ldashev, Izzatillo Po‘latov, Ikrom Aliboyev, Mo‘minxon Bahodirxonov, Abrorbek Ismoilov, Alisher Odilov, Xurshid G‘iyosov, Asilbek Jumayev, Rustambek Fomin, Daler Tuxsanov va Azizbek Erimbetov bor.
Shuningdek, legioner futbolchilar va xorijlik murabbiylar yig‘inga keyingi bosqichlarda qo‘shiladi. Ular orasida Boyan Tsiger, Vladimir Yovovich, Yovan Jokich, Ratinyo, Zoran Marushich va Stipe Peritsa kabi futbolchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yig‘in davomida bir nechta nazorat bahslarida ham maydonga tushadi.
