Live
4
O'zbek

«MYu», «Chelsi» va «Barselona» Lukeba uchun kurash olib boradi

Futbol
6 noyabr, 09:50
Markaziy himoyachi 2023-yil avgustidan buyon «buqalar» safida o‘ynamoqda.
«MYu», «Chelsi» va «Barselona» Lukeba uchun kurash olib boradi
Фото: Getty Images

«Leypsig» klubi himoyachisi Kastello Lukeba Yevropaning bir qator top-klublari transfer nishoniga aylangan.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Liverpul», «Barselona» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda.

Kelgusi transfer oynasida Lukebani o‘z safiga qo‘shib olish uchun bir nechta grand klublar o‘rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, markaziy himoyachi 2023-yil avgustidan buyon «buqalar» safida o‘ynamoqda. Uning «Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Kastelloning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar