Bugun
13
O'zbek

Messi faoliyatini «Barsa»da davom ettirishi mumkin

Futbol
16 mart, 05:30
18 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Bavariya» va «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Messi faoliyatini «Barsa»da davom ettirishi mumkin
Foto: Icon Sport

Hozirda ijaraga olingan holda Saudiya Arabistonining «Neom SK» klubida o'ynayotgan «Strasburg» vingeri Rayan Messi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, 18 yoshli Messiga «Barselona», «Bavariya» va «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Biroq shuni ham ta'kidlash kerakki, «Strasburg»ning sherigi hisoblangan «Chelsi» futbolchini o'z jamoasiga qo'shib olish rejasini tezlashtirishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

«Ko'klar» Messini kelajakdagi loyiha ajralmas qismi deb hisoblaydi va uni qo'yib yuborishni istamaydi.

Bu mavsumda Messi barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda ishtirok etib, 3 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi. Vingerning «Strasburg» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljalangan.

Avvalroq «Strasburg» Makeytini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
  • Bavariya Bavariya
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar