Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus jamoa yarimhimoyachisi Jamal Musialaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Musiala so‘nggi vaqtlarda maydonda ikki marta hushini yo‘qotgan. Shuningdek, u o‘tgan mavsumda jarohati sabab uzoq vaqt davolangan.
«Klub bu haqda olti, yetti yoki sakkiz oydan beri bilardi. Ammo buni faqat prezident yoki shifokor emas, butun jamoa bilgan. Hech kim bir og‘iz ham gapirmadi. Bu nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham jamoa qanchalik jips ekanini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatni shu qadar hamjihatlik va to‘g‘ri hal qilganlari uchun ularga katta hurmat bildiraman. «Bavariya»ga faqat bosh egish mumkin», — deya Matteusning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Bembi» laqabli Musiala 2020 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi