«Bavariya» klubi texnik direktori Kristof Froynd yarimhimoyachi Jamol Musiala haqida gapirdi.
Germaniyalik yarimhimoyachi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
«Jamol oxirgi 7–10 kun davomida jamoa bilan odatiy rejimda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Uning hozir kayfiyati ham ajoyib. U navbatdagi o‘yindayoq safga qaytishi mumkin. Ko‘ramiz», — dedi mutasaddi jurnalist Torben Hoffmannga.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum 23 yoshli Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi biror marta rasmiy bahsda maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, shanba, 5 sentyabr kuni chempionatning navbatdagi turi doirasida «Bavariya» safarda «Shalke»ga qarshi bahs olib boradi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi