Live
2
O'zbek

"Manchester Siti" Chuamenini sotib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor

Futbol
5 may, 14:58
Fransiyalik futbolchi 2022 yildan beri "Real" safida to'p tepadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Manchester Siti" Chuamenini sotib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

"Real" yarimhimoyachisi Aurelien Chuameni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" fransiyalik 26 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shaharliklar" Chuamenining transferi uchun 90 million yevro to'lashga tayyor.

Ingliz klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola xavbekni taktika jihatdan ideal o'yinchi deb hisoblamoqda.

O'z navbatida "Real" Aurelienni qo'yib yuborishni istamayotgan bo'lishiga qaramay, bunday yirik taklif "qaymoqranglilar"ni o'z xavbekini sotish haqida o'ylab ko'rishga majbur qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Chuameni 2022 yilda "Monako"dan "Real"ga 80 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bu mavsumda u Madrid klubi safida barcha turnirlarida 46 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 2 assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar